Bugun Turkiyaning Istambul shahrida karate bo`yicha “A seriya” turkmiga kiruvchi musobaqa start oldi. Tokio Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqada O`zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi.
Reglamentga ko`ra, bugun kata, 18-19 may kunlari esa kumite yo`nalishi bo`yicha g`olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. O`zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaga eng optimal tarkib bilan yo`l oldi. Musobaqada ishtirok etuvchi hamyurtlarimiz bilan tanishing:
Kata
Hamdamjon Shodibekov
Kumite, erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-60 kg: Bekzod Tuyg`unov
-67 kg: Sanjar Abdukarimov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Jahonshoh Ibrohimov
-75 kg: Dostonbek Otabolaev
+84 kg: Suhrobbek Rustamov
Ayollar:
-50 kg: Bahriniso Babaeva
-55 kg: Sevinch Rahimova
-61 kg: Barno Mirzaeva
-68 kg: Dildor Annadurdieva
-68 kg: Dilnoza G`anieva