"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum oxirida klubni tark etadi. Bu haqida Turin klubi rasmiy saytida e`lon qilindi.
Ertaga, 18 may kuni klub prezidenti Andrea Anelli va Allegri ishtirokida mutaxassisning iste`fosiga atalgan matbuot anjumani bo`lib o`tadi.
"Yuventus" Massimiliano Allegri qo`l ostida 5 marta A Seriya, 4 marta Italiya Kubogi va 2 marta mamlakat Superkubogida zafar quchdi. Allegri Turin klubida 269ta bahs o`tkazib, 191ta g`alabaga erishdi.