AsosiySport

Buxoroda engil atletika bo`yicha O`zbekiston chempionlari aniqlandi

'Buxoroda engil atletika bo`yicha O`zbekiston chempionlari aniqlandi'ning rasmi

Buxoro shahridagi “Buxoro sport majmuasi”da engil atletika bo`yicha 2002-2003 yillarda tug`ilgan o`g`il va qizlar o`rtasida Respublika chempionati bo`lib o`tdi.

Mamlakat birinchiligida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 340 nafar (shundan 100 nafari qizlar )yosh sportchilar engil atletikaning turli yo`nalishlari bo`yicha ikki guruhga bo`linib kuch sinashishdi. Ya`ni birinchi guruh sportchilari 16 yoshgacha bo`lganlardan tashkil topgan bo`lsa, ikkinchi guruh 18 yoshli o`g`il-qizlarni qamrab oldi.

Ikki kun davom etgan chempionatda birinchi guruhda jamg`arilgan medallar soni bo`yicha surxondaryolik yoshlar etakchilik qilgan bo`lsa, keyingi o`rinlar Sirdaryo va navoiylik atletlarga nasib etdi.

18 yoshlilar o`rtasidagi bahslarda esa Samarqand viloyati vakillari eng ko`p medal jamg`arishdi. Shuningdek, ushbu yosh toifasida Farg`ona va Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan yigit-qizlar eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Musobaqa g`olib va sovrindorlari diplomlar bilan taqdirlanishdi.

    Boshqa yangiliklar