"Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann jamoadan ketishini e`lon qilgach, Angliyaning "Manchester Siti" klubi voqealar rivojini kuzatib bormoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaning ma`lum qilishicha, "shaharliklar" 28 yoshlik fransusni "Barselona"dan ilib ketmoqchi. Shuningdek, Grizmanning xizmatlariga PSJ va "Bavariya" jamolari ham qiziqish bildirmoqda.






