Xitoyning Chjaosin shahri sport gimnastikasi bo`yicha “FIG World Challenge Cup”ning birinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning tayanib sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina yana bir bor shohsupaga ko`tarildi.
Chusovitina bugun o`zining sevimli yo`nalishida 14.350 ball jamg`arishga muvaffaq bo`ldi. Bu esa unga yakunda kumush medalni taqdim qildi. Bellashuvda oltin medal xitoylik Yu Linminga nasib etgan bo`lsa, malayziyalik Yuex Tan In kuchli uchlikni yakunlab berdi.