1

Messi "Chelsi"ga o`tishi mumkin

Sport 28.11.2014, 10:59
Messi "Chelsi"ga o`tishi mumkin

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar safini tark etishni mo`ljallamoqda, bu Argentinaning Direct TV telekanali Futbol Total ko`rsatuvi jurnalisti Fabian Godoy xabar bermoqda, deya yozmoqda stadion.uz.

Uning so`zlariga qaraganda 27 yoshli hujumchi kuchini boshqa chempionatda sinab ko`rmoqchi va premer-liga uning uchun eng yaxshi variant bo`lib turibdi. Messi bu haqda jamoadoshlari, jumladan Xavi bilan ingliz tilini o`rganish bo`yicha maslahatlashgan. Ta`kidlanmoqdaki, OAV tomonidan futbolchiga ko`plab hujumlar bo`lgan va "Barselona" uni etarli darajada himoya qilmagan.

Messining tanloviga "Chelsi" tushgan, u erda sobiq jamoadoshi va do`sti Sesk Fabregas to`p suradi. Bundan tashqari ularning rafiqalari ham o`zaro yaqin munosabatdalar. Oxir-oqibat "ko`klar"ning homifsi bo`lmish "Adidas" transfer xarajatlarining bir qismini ko`tarmoqchi. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino ham chempionlar ligasining eng yaxshi to`purari bilan birga ishlashga qarshi emas. Agar kelishuv amalga oshsa, uning summasi 200 million evroni tashkil etishi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1