AsosiySport

​O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Andijonda Germaniya jamoasi bilan durang o`ynadi

'​O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Andijonda Germaniya jamoasi bilan durang o`ynadi'ning rasmi

Avval xabar berib o`tganimizdek, bugun Andijon shahridagi "Sog`lom avlod" stadionida O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Berlin akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi dastlabki o`rtoqlik o`yini o`tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi.

O`yin O`zbekiston yoshlar terma jamoasining ustunligi ostida o`tdi. Terma jamoamiz bu o`yinda g`alaba qozonishi ham mumkin edi. Ammo Jasur Jaloliddinov 22-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Endilikda O`zbekiston yoshlar terma jamoasi 23 may kuni Namanganda Berlin jamoasi bilan yana bitta o`rtoqlik o`yini o`tkazadi.

O`rtoqlik o`yini

O`zbekiston yo.t.j. - Berlin U-18 1:1

Gollar:Hojimat Erkinov (52) - Til Mashkovski

O`zbekiston yo.t.j.: Abduvaxid Ne`matov, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimxalil Yo`ldoshev,
Hojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov, Sunattilla Hamidjonov, Ruslan Roziev, Diyor Xolmatov, Ulug`bek Hoshimov, Diyor Rahmonqulov.

Berlin U-18: Florian Xorenbur, Xarit Bakats, Serxat Polat, Hoqon Dundar, Laurens Del, Linus Fuertenou, Maksi Skinbauer, Til Mashkovski, Nua Shmis, Berat Erdogan, Mattias Koch.

Amalga oshirilmagan penalti: J.Jaloliddinov (22).

    Boshqa yangiliklar