AsosiyJamiyat

Yunusoboddagi chorrahada svetofor yonib ketdi

27 noyabr kuni soat 17:00lar atrofida Yunusobod tumanining “Shahriston” chorrahasida svetofor yonib ketdi, deya xabar bermoqda podrobno.uz.

Kutilmagan voqeaning rasmi va videotasvirlari ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib ketdi. Foydalanuvchilar bu moslamaning yonib ketishiga nima sabab bo`lishini o`ylab topa olishmadi. Shunday variantlardan biri elektr tokining qisqa tutashuvi bo`lishi mumkin.

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, svetofor birdaniga yonib ketgan va olov qisqa muddatda moslamani ishdan chiqargan. Natijada chorrahada harakat tartibi buzilgan va tiqilinch holat yuzaga kelgan.

    Boshqa yangiliklar