AsosiySport

​Toshkentda velotrek bo`yicha O`zbekiston chempionati start oldi

'​Toshkentda velotrek bo`yicha O`zbekiston chempionati start oldi'ning rasmi

21-25 may kunlari poytaxtimizdagi velotrek majmuasida 2001-2002 yillarda tug`ilgan yoshlar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkazilmoqda.

Mamlakat chempionatida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 10 jamoa tarkibida 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Bugun, musobaqaning birinchi kunida o`g`il bolalar o`rtasida o`tkazilgan uch aylana bo`ylab jamoaviy sprint bahslarida Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o`quvchilari Dmitriy Sirko, Umidjon Baxtiyorov va Timur Abduhakimov birinchi o`rinni egallashdi. Ushbu bahslarda ikkinchi o`rinni O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari qo`lga kiritgan bo`lsa, uchinchi o`rin ham RIOZMI vakillariga nasib etdi.

Qizlar o`rtasida o`tkazilgan ikki aylana bo`ylab jamoaviy sprint bahslarida Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o`quvchilari Yanina Kuskova va Madina Qahhorova juftligiga teng keladigani topilmadi. Keyingi o`rinlarni esa farg`onalik qizlar band etishdi.

Musobaqa 25 mayga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar