AsosiyMadaniyat

Qoraqalpog`iston Respublikasiga press-tur

'Qoraqalpog`iston Respublikasiga press-tur'ning rasmi

Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan press-turda Toshkent shahri va Qoraqalpog`iston Respublikasining ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Press-turning asosiy maqsadi OAVni Qoraqalpog`iston Respublikasida joylashgan madaniy meros yodgorliklarining holati va I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san`at muzeyidagi eksponatlar va uning faoliyati to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`lishdir. Bilasizmi, press-turlarning ahamiyatlisi shuki, unda jurnalistlar u yoki bu yodgorlik bilan uzviy aloqa qilishadi va qiziqtirgan savoliga o`z joyida ilmiy asoslangan javob olishadi. Madaniyat vazirligi tomonidan 2019 yilning yanvar oyidan boshlab, respublikamiz bo`ylab press-turlar tashkil etilmoqda. Chunki, aynan dalillar asosida ommaga havola etiladigan har bir axborot va ma`lumot o`quvchi yoki tinglovchining axborot bazasini boyitishiga omil bo`ladi.

So`nggi ikki yilda Hurmatli Yurtboshimiz tomonidan OAV vakillariga so`z erkinligi va ularning jurnalistik faoliyatini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ha, jurnalistlarning harakati va so`z erkinliklari tufayli, biz yurtimiz va xorijiy mamlakatlar to`g`risida turli-tuman ma`lumotlarga ega bo`lmoqdamiz. Bu borada jurnalistika sohasi ancha ilgarilab bormoqda. Ammo, nechog`lik xarakat qilmaylik, ayrim jurnalistlarimiz tomonidan ommaga taqdim qilinadigan ma`lumotlar asoslanmagan tarzda taqdim etilayotganligi ham sir emas. Bu albatta, ma`lumotni birinchilar safida tarqatilishi va piar bo`lishiga qaratilgan sayi-harakatlar. Aynan madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan press-turlar jurnalistlarning ma`lumotlar bazasi va dunyo qarashini boyitilishiga qaratilgan.

Joriy yilning 20-21 may kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashkil etilgan press-turda 15 nafar jurnalistlarimiz o`z fikrlari va ish faoliyati bilan o`rtoqlashdi.

20 may kuni OAV vakillari Amudaryo tumanidagi “Chilpiq”, Ellikkal`a tumanidagi “Tuproq qal`a”, “Ayazqal`a” arxeologik ob`ektlarini ko`zdan kechirishdi. Madaniy meros ob`ektlarini hozirgi kundagi holati, ularining tarixi, konservasiya va restavrasiya ishlari qay tartibda amalga oshirilganligi bilan tanishishdi.

21 may kunning birinchi yarmida jurnalistlarimiz ikki guruhga bo`linib, birlari Mo`ynoq tumaniga, birlari esa Qoraqalpog`iston Respublikasi Fanlar akademiyasiga tashrif buyurishdi. Kunning ikkinchi yarmida Xujayli tumanidagi “Mazlumxan suluv”, “Shamunabi” maqbaralarini o`rganishdi va I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san`at muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

    Boshqa yangiliklar