1

Krishtianu Ronaldu: «Barselona»ni butsim mag`lub etgani yo`q»

Sport 29.11.2014, 16:40
Krishtianu Ronaldu: «Barselona»ni butsim mag`lub etgani yo`q»

Krishtianu Ronaldu — shak-shubhasiz bugungi kun futbolining haqiqiy qahramonlaridan biri. Uning ishtirokidagi o`yinlar har doim muxlislarni ajablantirib, qiziqtirib kelgan, deb yozmoqda stadion.uz.

 «Manchester Yunayted»da porlab, «Real»da yanada mashhurlik shohsupasiga ko`tarilgan portugaliyalik charmto`p ustasini bugun deyarli hamma taniydi. Yaqinda Ronaldu o`zinining yangi butsisini omma e`tiboriga havola qilganidan xabaringiz bor. «Championat.com» sayti esa ana shu munosabat bilan futbolchidan intervyu oldi. Quyida mazkur intervyu bilan tanishishingiz mumkin.

— Libos sportchiga o`z imkoniyatlarini yuzaga chiqara olishida yordam berishi kerak. Nima deb o`ylaysiz, yangi butsingiz — «Nike Mercurial Superfly CR7» ham sizga omad keltirarmikin?
— Albatta. Bu butsi shaxsan menga atalgan deb o`ylayman. U chiroyli, dabdabali va noodatiy. Men har doim yangi narsalarni: yangi kiyimlar, sport kolleksiyalari va yorqin ranglarni yoqtiraman.

— Nega butsingizni aynan «Barselona»ga qarshi o`yin oldidan tayyorlatdingiz? Bu muvaffaqiyatingizning asosiy omillaridan biri bo`ldimi?
— Men, odatda, liboslarimni ham g`alaba qozonish uchun tayyorlayman. Bu o`yin «Barselona»ga qarshi bo`ladimi yoki boshqa jamoagami, farqi yo`q. Butsiga keladigan bo`lsak, men juda qulay, ajoyib dizaynga ega va faqat men uchun ishlab chiqarilgan kiyimdan eng muhim o`yinda foydalanishga qaror qildim, xolos. Aslida, raqibni butsim mag`lub etdi degan fikrdan yiroqman. Bu haddan tashqari manmanlik bo`ladi. O`ylaymanki, o`yin muxlislarga ma`qul kelgan.

— «El-klassiko»dagi g`alaba mavsumni omadli yakunlashga turtki bo`la oladimi?
— Buni vaqt ko`rsatadi. Ammo shaxsan men har doim maksimal darajada o`yin ko`rsata olaman. Jamoaga medallarni qo`lga kiritishga yordam beraman — jamoadoshlarimga golli uzatmalarni amalga oshiraman, ko`plab gollar kiritaman. Muhimi, omad doim biz bilan bo`lishi uchun katta ishonch bilan harakat qilish kerak.

— Siz turli chempionatlarda g`olib bo`lgansiz, Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo`lga kiritgansiz, hisobingizda ko`plab shaxsiy va jamoaviy yutuqlar bor. Nega yangi chaqiriqlarga e`tibor bermayapsiz?
— Asosiy sabab — mening g`ururim, nafsoniyatim. Men har doim, o`yindan o`yinga, mavsumdan mavsumga kuchayib borishni istayman. O`ylaymanki, buning uchun eng kuchli klubda to`p surish va doim oddiygina haqiqat — birinchilikka intilib yashash kerakligini anglash lozim.

— Professional futbolga endigina kirib kelayotganlar juda mashhur va iqtidorli bo`lishni istashadi. Siz ularga qanday maslahat bergan bo`lardingiz? Orzuni amalga oshirish uchun nima kerak?
— Buning uchun, avvalo, mustahkam ishonch kerak. Bizning kasbimiz o`z ustida tinimsiz ishlashni, bosh murabbiyning ko`rsatmalarini so`zsiz bajarishni, o`z ishiga mas`uliyat bilan yondashishni talab etadi. Shunda har qanday maqsadga erishish oson bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1