1

Odil Ahmedov «Krasnodar»da yiliga 1,7 million evro maosh oladi

Sport 01.12.2014, 18:14
Odil Ahmedov «Krasnodar»da yiliga 1,7 million evro maosh oladi

Rossiyaning Sports.ru sayti mamlakat chempionatida ishtirok etuvchi klublardagi eng ko`p maosh oladigan futbolchilar ro`yxatini tuzib chiqdi. Unga ko`ra “Zenit” hujumchisi Xalk yiliga 7 million evro maosh bilan birinchi o`rinni egalladi.

E`tiborli tomoni, “Krasnodar” jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Odil Ahmedov yiliga 1,7 million evro maosh bilan ushbu ro`yxatda 62-o`rinda bormoqda.

Internet saytning ta`kidlashicha, ushbu ro`yxatda tegishli soliqlarni chiqarib tashlanganda futbolchining qo`liga tegadigan “toza” mablag`lar ko`rsatib o`tilgan. G`alaba va boshqa yutuqlar uchun beriladigan qo`shimcha mukofot pullari bu erda ko`rsatilmagan.

Ushbu ro`yxta futbolga yaqin bo`lgan insonlar – klub menejerlari, agentlar va futbolchilarning o`zlari taqdim qilgan ma`lumotlar asosida tuzilgani ham alohida ahamiyat kasb etadi.

1. Xalk "Zenit" - 7 million evro
2. Kevin Kurani "Dinamo"  - 5,7
3. Aleksandr Kokorin "Dinamo" - 5
4. Esekiel Garay    "Zenit" - 5
5. Xavi Garsiya "Zenit" - 4,5
6. Vedran Chorluka "Lokomotiv" - 4,4
7. Igor Denisov "Dinamo" - 4
8. Yuriy Jirkov "Dinamo" - 4
9. Aksel Vitsel "Zenit" - 4
10. Mubarak Bussufa "Lokomotiv" - 3,9
61. Aleksandr Byuttner  "Dinamo" - 1,7
62. Odil Ahmedov  "Krasnodar" - 1,7 million evro
68. Vasiliy Berezuskiy  SSKA - 1,6
69. Aleksey Berezuskiy  SSKA - 1,6
77. Alan Dzagoev  SSKA - 1,5

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1