AsosiySport

Intriga tugadi, Ramos “Real”da qoladi

'Intriga tugadi, Ramos “Real”da qoladi'ning rasmi

Jamoa sardori faoliyatini “qirollik klubi”da yakunlashni orzu qilishini aytib o`tdi

So`nggi vaqtlarda Madridning “Real” jamoasi markaziy himoyachisi va sardori Serxio Ramos “qirollik klubi”ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar yurgandi.

Bunga sabab qilib “Real” Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Ayaks”dan engilgach klub prezidenti va jamoa sardori o`rtasida nizo kelib chiqqani ko`rsatilayotgandi. O`shandan beri Ramos va “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres umuman gaplashmayotgan edi. Ushbu vaziyatdan bir qator klublar foydalanib qolish maqsadida Serxioga manfaatli taklif bilan chiqayotgan, o`z navbatida Peres ham Ramosni yaxshi narxga sotib yuborishga qarshi emasligini bildirgandi.

Bugun klub rasmiy saytida Serxio Ramos ishtirokida matbuot anjumani o`tkazilishi haqidagi xabar chiqqanidan keyin sport jamoatchiligi “Real” va Ramosning yo`llari ayrilishi aniq bo`lganiga ishonch hosil qilgandi. Ammo, matbuot anjumanida jamoa sardori shubhalarni yo`qqa chiqarib, faoliyatini “qirollik klubi”da yakunlashni orzu qilishi, Madridni tark etish xayolida ham yo`qligini aytib o`tdi. Demak, intriga tugadi, Ramos kamida 2021 yilning yoziga qadar “Real”da qoladi, agar favqulodda kutilmagan hodisa yuz bermasa.

photo5440712632265976543.jpg

    Boshqa yangiliklar