AsosiyDunyo

Priyanka Chopra ochiq kiyingani uchun internet foydalanuvchilarining g`azabiga uchradi

'Priyanka Chopra ochiq kiyingani uchun internet foydalanuvchilarining g`azabiga uchradi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hind aktrisasi va modeli Priyanka Choprani InStyle jurnali muqavasida chop etilgan yarim yalang`och surati uchun tanqid qildi, deb yodi RIA novosti nashri.

Priyanka Chopra bu suratni o`zining Instagram sahifasiga joylashtirgan. U mazkur suratga hind ayollarining milliy libosi bo`lgan sarida tushgan. Hind ayollari odatda sarining tagidan engil matodan tikilgan kofta kiyishadi. Biroq stilistlar eringan shekilli, Priyanka Chopraning elkasini koftasiz, ochiq qoldirishgan.

Aktrisa suratni “Sari hind ayollarining eng sevimli milliy libosi hisoblanadi. U ayolga go`zallik va latofat baxsh etadi. Menga sari judayam yoqadi, unda o`zimni erkin va qulay his qilaman...”, deb izohlaganiga qaramay, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni “uyatsiz”, “beandisha” , deb atashgan.

    Boshqa yangiliklar