O`zbek tilida kuylagan yapon qizi haqida film suratga olinadi

Madaniyat 09.06.2019, 17:10
O`zbek tilida kuylagan yapon qizi haqida film suratga olinadi

O`tgan 2018 yilning sentyabr oyida Xiva shahrida o`tkazilgan «Raqs sehri» xalqaro festivalida yapon qizi Mashu Komazakining dutor chalib, “Chaman ichra” ashulasini sof o`zbek tilida kuylagani, yapon raqqosa qizlarining “Doira” raqsini xuddi o`zimizning raqqosalardek ­qoyilmaqom ijro etishi barchaning olqishiga sazovor bo`ldi va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Bu ijodkor qizning o`zbek san`atiga katta qiziqishi, o`zbek tilida qo`shiq kuylashi, milliy musiqa asboblarimizni mukammal chalishini shuning barobarida O`zbekiston turizmini rivojlantirishda qo`shayotgan salmoqli hissasi inobatga olinib, ijodkor qiz ishtirokida O`zbekiston, Yaponiya va Estoniya ko`shma loyihasi asosida “Ipak torlar” nomli film suratga olishga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1