Xitoy janubi- g`arbida joylashgan Sichuan provinsiyasida ikkita kuchli er silkinishi qayd etildi, deb xabar berdi Euronews.com.nashri.
Xitoy seysmologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, dastlab kuchi rexter shkalasi bo`yicha 6 ballga teng bo`lgan silkinish Ibin shahar okrugining Channin uezdida ro`y berdi. Oradan 40 daqiqa o`tib esa Gun uezdida magnituda kuchi 5,1 balga teng bo`lgan zilzila qayd etildi. Ma`lumotlarga ko`ra, zilzila epimarkazi 16 km chuqurlikda qayd etilgan.
Tabiiy ofat natijasida Channin uezdida 8 kishi halok bo`lgan va 48 kishi jarohat olgan, Gunda 3 kishi halok bo`lib, 71 kishi jarohatlangan, Gao uezdida yana 3 kishi jarblangani aytilmoqda. Schuan provinsiyasi Xitoyning seysmik xavf eng yuqori bo`lgan mintaqalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu erda er osti silkinishlari tez- tez ro`y berib turadi. Hududda 2008 yilning may oyida so`nggi o`n yillikdagi eng kuchli zilzila ro`y bergan edi. Magnitudasi 8 ballga teng bo`lgan silkinish natijasida 87 mingdan ortiq kishi halok bo`lgan yoki bedarak yo`qolgan edi.