1

Argentinada ishqibozlar futbolchini g`isht bilan urib o`ldirishdi

Sport 04.12.2014, 18:03
Argentinada ishqibozlar futbolchini g`isht bilan urib o`ldirishdi

Argentina futbolida yana bir futbolchi ishqibozlarning tartibsizligi qurboni bo`ldi, deya xabar bermoqda stadion.uz Cadena 3ga asoslanib.
Bu safar "Chakarita" ishqibozlari "Tiro Federal de la Roxa" futbolchisi Franko Antonio Nietoni g`isht bilan urib o`ldirdilar.

Hammasi 29 noyabr kuni Argentina 3-divizioning "Chakarita" va "Tiro Federal de la Roxa" klublari o`rtasidagi uchrashuvdan keyin sodir bo`ldi. O`yin tugashiga 15 daqiqa qolganida futolchilarning mushtlashuvi tufayli hakam o`yinni to`xtatishga majbur bo`ldi. Natijada "...la Roxa"ning bir futbolchisi maydondan chetlatildi.

Uchrashuvdan so`ng Nieto uyiga mashinasida qaytayotgan edi, yo`lda "Chakarito" ishqibozlari unga birnecha zarba etkazdilar va g`isht bilan boshiga urdilar. Nieto hushidan ketdi va bir necha kundan so`ng shifoxonada vafot etdi.

Eslatib o`tamiz, Argentinaning "Barra brava" ishqibozlar klubi tartibsizlik va zo`ravonligi bilan tanilgan.

Manba: championat.ru

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1