1

Amputantlar o`rtasida JCh. O`zbekiston chorak finalga chiqdi

Sport 05.12.2014, 10:15
Amputantlar o`rtasida JCh. O`zbekiston chorak finalga chiqdi

O`zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Meksikada bo`lib o`tayotgan Jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi.

Vakillarimiz nimchorak finalda Fransiyaga qarshi bahs olib borishdi va 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi. O`yinning 9-daqiqasida Qudrat Xudoyqulov hisobni ochgan bo`lsa, Muhammadaziz Arapov birinchi bo`lim tugashi arafasida hisobni mustahkamladi. Ikkinchi bo`limda Haydarali Tursunboev hisobni yirik ko`rinishga keltirdi.

Shu tariqa, O`zbekiston nogironlar terma jamoasi JChning chorak final yo`llanmasini yo`lga kiritdi. Umarxo`jaev va Qoriev shogirdlari yarim final yo`llanmasi uchun Angolaga qarshi maydonga chiqadilar. Ular nimchorak finalda Yaponiyani 1:0 hisobida mag`lub etdilar. 

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1