1

Sergey Simonenko "Bunyodkor" ustidan FIFAga arz qildi

Sport 05.12.2014, 14:06
Sergey Simonenko "Bunyodkor" ustidan FIFAga arz qildi

Ukraina terma jamoasi va "Bunyodkor" klubining sobiq himoyachisi Sergey Simonenko Sport.ua muxbiri bilan suhbatda nima uchun 2013 yilgi mavsumda O`zbekiston chempionati uchrashuvlarining katta qismini o`tkazib yuborganini ma`lum qildi, deb yozmoqda stadion.uz.

- Futboldagi uzoq yillik faoliyatimda birinchi marta o`zim o`ynagan jamoa bilan tushunmovchilikka bordim. Mendagi ko`ngilsizliklar jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ketganidan so`ng boshlandi, menimcha, mening o`yinim va jismoniy holatim uni qoniqtirar edi. Men Osiyo chempionlar ligasida ham, O`zbekiston chempionati o`yinlarida ham muntazam maydonga tushar edim.

Mirjalol Qo`shoqovich ketganidan so`ng yangi bosh murabbiy Lushchan yangi o`yinchilar sotib olishni istagan edi, ammo joriy byudjet bunga yo`l qo`ymas edi. Men kerakmas bo`lib qoldim. Meni o`rinbosarar safiga o`tkazishdi. Men esa o`ynashni va mashq qilishni istardim. Biz tomonda klub rahbariyati bilan kelishib olishga harakatlar bo`ldi, ammo foydasiz. Ularning maqsadlari boshqa edi, natijada mening oilam jabr chekdi, chunki menga 5 oy davomida maosh va shartnoma bandlariga ko`ra belgilangan "ko`tarma" pulini to`lamadilar.

Men bu masala ijobiy hal qilinishi uchun FIFAga kerakli hujjatlar yubordim. Mening amaldagi shartnomam 1 dekabr kuni nihoyasiga etadi, o`zim esa buzuq arava bilan qoldim - maoshsiz va o`yin amaliyotisiz.
Lushchanning kelishi bilan "Bunyodkor" chempionatda 4-o`rinni oldi va Kubok finalida yutqazdi. Chunki u murabbiy sifatida o`zidan oldingi Qosimov erishgan natijalarni saqlay olmadi. Bir so`z bilan aytganda, Lushchan mavsumni boy berdi. Uning murabbiylik ishlari ayanchli.

Hozircha faoliyatimni yakunlamoqchi emasman, chunki hali yuqori saviyada o`ynashni istayman. Hozir yangi klub axtaryapmiz", - deydi Simonenko.

Eslatib o`tamiz, Sergey Simonenko yanvar oyida o`zbek futboli grandi "Bnyodkor" bilan shartnoma imzolagan edi, mart oyidayoq yana bir ukrainalik Aleksandr Pishchur bilan "qaldirg`ochlar"ga O`zbekiston superkubogini olishda yordam berdi. Bu vaqt davomida Ukraina termasining sobiq himoyachisi toshkentliklar safida 14ta rasmiy o`yin o`tkazib, 1 gol muallifi bo`ldi. O`tkazgan o`yinlarining yarmi Osiyo chempionlar ligasiga to`g`ri keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1