1

Bekxem Mayamida futbol maydoni qurmoqchi, biroq hukumat bunga qarshi

Sport 06.12.2014, 13:18
Bekxem Mayamida futbol maydoni qurmoqchi, biroq hukumat bunga qarshi

Angliyalik futbolchi Devid Bekxem AQShning Mayami shtati hukumati bilan futbol maydoni qurish borasida kelisha olmayapti. Bekxem Mayamida futbol jamoasini tuzish istagida bo`lgan investorlarga boshchilik qilmoqda. Qurilish maydoni to`g`risidagi ikkita taklif hukumat tomonidan rad qilindi, deya xabar bermoqda Reuters.

Shu o`rinda Shimoliy Amerika bosh futbol ligasi bosh komissari Don Garber “doim kutish” ham mumkin emasligini ma`lum qildi. "Bekxem ushbu qiyin jarayondan chiqib ketish bo`yicha qaror ustida ishni davom ettirmoqda. Liga hech kimni siqishtirib qo`ymaydi. Biz shunchaki aytishni istaymizki, Devidning Mayamiga tegishli bu rejasi, albatta, ijobiy hal bo`ladi”, - deydi u.

OAVning ma`lum qilishicha, Bekxem bu ishga qattiq bel bog`lagan, investorlarni topgan, 35 ming tomoshabinga mo`ljallangan arena loyihasini tayyorlagan. Birinchi marta qurilishga Mayami portida xizmat ko`rsatuvchi kompaniya uchrashuvlar vaqtida dengiz uzlida ish tartibining buzilishidan qo`rqib qarshi chiqqan edi. Ikkinchi raddiya sabablari e`lon qilinmagan.

Yakuni qaror 2015 yilning boshida chiqarilishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1