AsosiyDunyo

30 dan ortiq ob`ektlar YuNESKO merosi ro`yxatiga kiritildi (Video)

'30 dan ortiq ob`ektlar YuNESKO merosi ro`yxatiga kiritildi (Video)'ning rasmi

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida YuNESKOning Butunjahon merosi qo`mitasining 43-sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Sessiyasida 30 dan ortiq ob`ektlar Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritildi. Jumladan, Meksikaning Kaliforniya bo`g`ozida joylashgan orol va qo`riqxona hududi ro`yxatdan joy oldi. Bu erda dengiz cho`chqasining noyob turi hisoblanmish vakita yashaydi. Shuningdek, quldorlik davriga oid o`zining arxitekturasini shu bugungi kunga qadar saqlab qolgan Braziliyaning Parati shahri ham ro`yxatga kiritildi.Iroqning Bobil shahri o`ttiz yillik say`i- harakatlardan so`ng YuNESKO ro`yxatidan joy oldi.

Qadimiy shahar qoldiqlari Bog`doddan 90 km uzoqlikda joylashgan bo`lib, bu erdagi qazilma va o`rganish ishlari hududning bor-yo`g`i 15 foiz qismida amalga oshirilgan. YuNESKOning butun jahon merosi ro`yxatiga Islandiyaning Vatnayyokyudl milliy bog`i ham kiritildi. Aynan shu erda Evropaning eng yirik muzliklari joylashgan. Bog`ning o`ziga xos jihatlaridan yana biri bu erda 10 ta vulqon bor, ularning 8 tasi esa muz bilan qoplangan. Eron Xirkon o`rmonlari tabiiy meros sifatida Butunjahon merosi ro`yxatiga olindi. Xirkon o`rmonlari 2 million gektar hududda joylashgan bo`lib, bu erda qushlarning 296 turi , sut emizuvchilarning 98 turi mavjud bo`lib, 150 xil o`simlik, qarag`ay daraxtlari o`sadi.

Boshqa yangiliklar