AsosiyDunyo

MAGATE tashkiloti Eron boyitilgan uran hajmini belgilangan miqdorni oshirganini ma`lum qildi

'MAGATE tashkiloti Eron boyitilgan uran hajmini belgilangan miqdorni oshirganini ma`lum qildi'ning rasmi

MAGATE tashkiloti Eron boyitilgan uran hajmini 2015 yilda imzolangan yadro kelishuvida belgilangan miqdordan oshirganini ma`lum qildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Bu haqda atom energiyasi bo`yicha xalqaro agentlik bosh direktori Yukiya Amano aytib o`tdi. Bundan avval mahalliy OAV Islom respublikasi boyitilgan uran hajmini 20 foizdan ortiqqa etkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgan edi. Bu kelishuvda ruxsat etilgan ko`rsatkichdan 5 marotabaga ortiq deganidir. Evropa Ittifoqi Tehron xatti- harakatlaridan qattiq tashvishda ekanini bildirib, Eronni yadro dasturi bo`yicha bitim shartlarni buzmaslikka va majburiyatlarni to`liq bajarishga chaqirdi. Mazkur kelishuvga ko`ra, Eron 15 yil davomida uranni 3.67 foizdan ortiq boyitmaslik va boyitilgan uran zaxiralarini 300 kg dan oshmaydigan darajada ushlab turish, shuningdek, og`ir suv to`playdigan reaktorlarni qurmaslik va yadroviy portlovchi qurilmalarni ishlab chiqmaslikka majburiyatini olgan.

O`z navbatida rasmiy Tehron yadro kelishuvi shartlariga amal qilishga intilayotganni ta`kidlab, uning harakatlari evropalik hamkorlarini o`z majburiyatlarni bajarishga qaratilganini ma`lum qildi. Eron tashqi ishlar vaziri vakili Abbos Musavi ushbu kelishuvda ishtirok etayotgan davlatlar, jumladan Evropa davlatlari o`z majburiyatlarni bajarmay, faqatgina quruq gap so`zlarni davom etiradigan bo`lsa, Eronning uchinchi qadami kutilmagan va qat`iy bo`lishi haqida ogohlantirdi. Rasmiy Tehron BMT xavfsizlik Kengashi, AQSh va Evropa Ittifoqi tomonidan mamlakatga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarning bekor qilinishini talab etmoqda.

    Boshqa yangiliklar