1

O`zbekistonda jazirama havo sharoitida xodimlarni ishdan ozod qilish masalasiga oydinlik kiritildi

Jamiyat 12.07.2019, 09:55
O`zbekistonda jazirama havo sharoitida xodimlarni ishdan ozod qilish masalasiga oydinlik kiritildi

O`zbekistonning aksar hududlarida iyul oyida yuqori havo harakati hukmronlik qilayotgani tufayli, mamlakat fuqarolarining respublika Mehnat vazirligiga murojaatlari soni ortib bormoqda. Ular, shu kabi jazirama ob-havo sharoitida korxonalarda ishlash tartibiga oydinlik kiritishni so`rashmoqda. Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, g`ayrioddiy issiq havoda ishchilarni mehnatdan vaqtincha ozod qilish masalasi bo`yicha quyidagilarni e`lon qiladi.

O`zbekiston bosh sanitar shifokori tasdiqlagan ishlab chiqarish birlashmalari mikroiqlim sanitar-gigienik me`yorlariga ko`ra, ishlab chiqarish muhitida meteorologiya yoki mikroiqlim sharoitlari quyidagilardir: havo harorati, havoning nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va qizigan uskunalardan chiqadigan haroratga oid ko`rsatkichlardir.

Ushbu omillarni hisobga olgan holda, yopiq binolarda amalga oshiriladigan engil jismoniy ishlar uchun yilning sovuq va o`tish davridagi optimal mikroiqlim ko`rsatkichlari quyidagicha bo`lishi lozim: havo harorati – 20-23 daraja, havo nisbiy namligi – 40-60 foiz, havo harakati tezligi ko`pi bilan 0,2 m/sni tashkil etishi kerak. Ayni vaqtda, havo harorati 19-25 daraja, nisbiy namlik 75 foizdan ko`p bo`lmagan, havo harakati tezligi 0,3m/sdan oshmasligiga yo`l qo`yiladi.

Og`ir ish sharoitlarida, havo haroratining maqbul me`yorlari 4-5 daraja, yo`l qo`yiladigan me`yorlar bo`yicha 6 daraja past bo`lishi kerak. Yilning issiq davrida, havo haroratiga oid me`yorlar 2-3 darajaga ko`p bo`lishiga ham ruxsat beriladi.

Mazkur mikroiqlim me`yorlarini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon yoxud iqtisodiy jihatdan ta`minlash imkoni bo`lmagan sanoat inshootlarida ishchilarning qizib ketishi yoki sovub ketishiga qarshi choralar ko`rilishi kerak.

Xususan, ishchi atrofidagi havoni sovutish tizimi, havo dushi, dam olish va isitish xonalari, o`ta yuqori va past havo haroratidan himoya qiluvchi maxsus kiyim, shaxsiy muhofaza anjomlari, ishdagi dam olish vaqtlari kabilar shular jumlasidan. Issiq urishiga qarshi choralar sifatida, qurilmalar va to`sib turuvchi qoplamalarining tashqi harorati 45 darajadan oshmasligi kerak.

Bundan tashqari, Mehnat qonunchiligiga ko`ra, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlar yaratilishi lozim. Shu bilan birga, ayrim turdagi ishlarni bajaruvchilarga, mehnat sharoiti, sog`liqqa ta`siri va boshqa holatlardan kelib chiqqan holda, shartnomaga muvofiq, ish haqi kamaytirilmagan holda, mehnat vaqti davomiyligini kamaytirishga ruxsat beriladi.

Ish vaqti quyidagi shaxslarga nisbatan ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi:

18 yoshga etmagan ishchilarga;
I va II guruh nogironlariga;
Noqulay mehnat sharoitlarida ishlovchilarga;
Jiddiy mazmunga ega ishlarda faoliyat yurituvchilar;
Davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilayotgan tashkilot va korxonalarda ishlayotgan 3 yoshgacha bo`lgan farzandi bor ayollar.

Qonunchilikka ko`ra, xavfli va noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotganlar, sharoit darajasiga muvofiq qo`shimcha ravishda 3-24 kungacha mehnat ta`tiliga chiqishlari mumkin.

Mehnat kodeksining 219 moddasida esa, ishchi o`z salomatligi yoki hayotiga tahdid soluvchi ishni bajarishdan bosh tortishga haqli ekani belgilab qo`yilgan.

Bu holatda, ishchi mehnat jarayonida uning salomatligi va hayotiga xavf soluvchi holat vujudga kelganidan ish beruvchini zudlik bilan ogohlantirishi kerak bo`ladi. Bu holatlar tasdiqlansa, ish beruvchi ularni bartaraf etish choralarini ko`radi. Agar, zaruriy choralar ko`rilmasa, ishchi toki uning sog`lig`i va hayotiga tahdid soluvchi holat bartaraf etilgunicha, ishlamaslikka haqli. Bu davr mobaynida, uning ish haqi saqlab qolinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1