1

Kampirtepa: yo`qolgan tamaddun izidan... Yoxud Oksiana Iskandariyasi qaerda?

Jamiyat 16.07.2019, 12:28
Kampirtepa: yo`qolgan tamaddun izidan... Yoxud Oksiana Iskandariyasi qaerda?

Qadimiy Termiz yaqinida o`nlab asrlarning taloto`piga guvoh bo`lgan ko`hna shahar xarobalari joy olgan. Bu xarobalarbir paytlar fotix Iskandar Maqduniy (er.avv 356-323) tashabbusi bilan qadim Baqtriya hududida qurilgan, haligacha o`rni to`liq aniqlanmagan Oks Iskandariyasi bo`lishi mumkin.

Tarix tilga kirganda...

Bu ko`hna inshootAmudaryo (Oks) ning o`ng qirg`og`ida, Muzrobod tumani Sho`rob qishlog`i yaqinida joylashgan. Bu haqda bir qator tarixiy manbalar, jumladan misrlik geograf olimPtolemaey (100-170) tuzgan tarixiy xaritasida, tarixchiHofizi Abruning (taxm. 1451 vafot et.) asarida bir qator ma`lumotlar keltiriladi.

Oksiana Iskandariyasi nomi qadimgi mualliflardan faqat Klavdiy Ptolemey (mil. II asri) tomonidan qayd etilgan. U o`zining «Geografik qo`llanma»sida Baqtriya va So`g`diyona haqida keng miqyosli geografik va etnografik ma`lumotlar, hamda Oks bo`yi,Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) oralig`ida joylashgan shaharlar ro`yxatini keliradi: «Yaksartda sug`diylarning Kiresxata tog`li shahri, Oksda esa Maruka, Xolbisin; daryolar orasida va ulardan uzoqda - Tribaktra, Oksiana Iskandariyasi, Indikomordona, Drepsa(poytaxt), Chekka Aleksandriyajoylashgan”.

Taxminan, miloddan avvalgi VI asr oxirida, Baqtriya ahamoniylar tomonidan bosib olingach, Kampirtepadan taxminan 1 km uzoqlikda, mustahkam Sho`rtepa qal`asi qurilgan va umiloddan oldingi IV asr oxiriga qadar - Iskandar qo`shini tomonidan yo`q qilingunga qadarmavjud bo`lgan.

Sho`rtepa qal`asi axamoniylar podsholigining shimoliy-g`arbiy qismida joylashgan Baqtriya va So`g`d satrapliklarini bog`laydigan Oks kechuvini va ularning markazlari – Baqtra va Maroqand shaharlarini himoya qilib turgan.Hofizi Abru yozganidek:«bu erda sultonlarning daryoni kesib o`tadigan o`tish joyi bo`lgan. O`tish yo`lini qo`riqlaydigan erli aholiga qadimgi shohlar homiylik ko`rsatganlar ...».

1480-1490 yillarda nashr etilgan Ptolemey geografik atlasining xaritalarida, Oksiana Iskandariyasi Oksning chap qirg`og`idaga Xaraxarta va daryoning o`ng qirg`og`ida Indikomardon (Termiz shahri hududida)orasida joylashgan. Bu ham bugungi kun nuqtai nazaridan Kampirtepa hududiga to`g`ri keladi.

Iskandar Maqduniyning rejasi

Ma`lumki, Tangrinig erkasi deya nom olgan yunon-makedon sarkardasi Iskandar Maqduniy qo`shini miloddan avvalgi 331 yilda Gavgamel shahri yaqinidagi yalanglikda fors podshosi Doroning ikki yuz ellik minglik lashkarini tor-mor etadi. Natijada ikki asrdan buyon mag`ribu mashriqni qo`rquvda tutib kelayotgan Ahmoniylar davlati barham topdi. Mag`lub podshoh mash`um kungacha o`ziga tobe bo`lgan mamlakatning shimoli tomoniga qochadi, ammo yo`lda hamrohlari bo`lmish Baqtriya va Sug`d noibi Bess tomonidan xiyonatkorona o`ldiriladi. Bu xabarni eshitgan Iskandar qattiq g`azablangan bo`lsa-da, u Markaziy Osiyo tomon yurishini kechiktirmaydi.

Garchi Iskandar bu diyorlarda qattiq qarshilikka uchragan bo`lsa-da, baribir o`z maqsadiga etadi. Bir paytlar Ahamoniylar mulkiga tobe bo`lgan Baqtriya va Sug`d uning tasarrufiga o`tadi.

Albatta, Iskandarning bostirib kelishi bu o`lka uchun katta talafotlarga ham sabab bo`ldi, minglab gunohsiz insonlar qon to`kiladi. Ammo, shu bilan birga Iskandar o`zi bosib olgan hududlarda yangi-yangi istehkomlar, imoratlar, shahar va qal`alar qurishga amr qildi.

Tuproq ostidagi haqiqatlar

Bu erda1972 yildan boshlab Tohariston arxeologik ekspedisiyasi tarkibida bir guruh arxeologlar tomonidan ko`p yillar tadqiqotlar olib borilgan, natijadako`plab topilmalar va ma`lumotlar qo`lga kiritilgan. Ushbu tadqiqotlarning eng katta yutug`i Oks (Amudaryo)ningo`ng qirg`og`ida Iskandar Maqduniyning329-327 yillardagi yurishlari vaqtida, yurtimiz hududida barpo etilgan eng qadimgi yunon-makedon frurionitopilgani bo`ldi.

Darvoqe, frurion atamasi yunon tilida daryoning o`tish joylarida, chegarada hududlarida qurilgan quriqlash posti, harbiy istehkom singari ma`nolarni anglatadi.

O`tmishda Kampirtepa frurioni qayta qurilish jarayonini boshidan o`tkazgan va keyinchalik dastlabki, mudofaa qobiliyatiniyo`qotib, Kushonlar davrida (mil.I-II asr o`rtalari) savdo karvonlarga xizmat ko`rsatuvchi tijorat va bojxona idorasiga aylangan. Milodiy II asr o`rtalariga kelib, kuchli zilzila va Amularyoning toshishi natijasida shaharcha tamomila bo`shab, huvillab qolgan.

Tadqiqotlar davomida salavkiylarva Yunon-Baqtriya tangalari, keramika va Kampirtepada ellinistik davrining quyi madaniy qatlamlari mavjud bo`lgani haqida dalolat beruvchi bir qator ob`ektlar aniqlangan. Xususan,1999 yil sentyabr oyida O`zFA akademigi, arxeologi Edvard Rtveladze boshchiligidagi izlanishlar davridabu erdan miloddan avval III asrga mansub sopol buyumlar ustaxonasi, ilkellinistik (ehtimol, salavkiylar) davridagi ayvonli uy va shartli ravishda «blindaj» deb nomlangan katta inshoot topilgan.

O`rtaer dengizi bo`yidagi qal`alarga o`xshaydi

Eski ahamoniylar qal`asi o`rniga qurilgan yunon-makedon qal`asining umumiy maydoni 5 gektardan oshadi. Mazkur majmua tarkibida turar-joylar, markaziy bastion, xazinalar saqlanadgan g`azna, ibodatxona o`rin olgan. Bu hududdan topilgan Kushon davri tangalar bir paytlar Kampirtepa shaharchasi bu davlatning muhim moliviy markazlaridan biri bo`lganini ko`rsatadi.

Qal`a tashqarisida, daryo sohilad kemalar kelib to`xtaydigan va jo`nab ketadigan bandargoh qurilgan. Bu erdan olisdanig kemalar uchun mo`ljal vazifasini bajargan baland inshoot – mayoq qoldiqlari ham aniqlangan.

Qal`aga olib kiradigan darvozallar ulkan va mahobatli bo`lib, bir paytlar O`rtaer dengizi bo`yidagi shaharlarda qurilgan qal`a va qo`rg`onlar darvozasiga o`xshab ketadi.

Keyingi yillardaushbu hududningmikrorelefi sezilarli darajada o`zgargan – Amudaryo qayirlarida joylashgan bu hududni bugungi kunda sholikorlikmaydonlariishg`ol qilgan, qal`aningjanubiy-g`arbiy tomoni bo`ylab kanal o`tkazilgan, sharqiy tomondagi ko`hna tepaliklarXXI asrning boshlariga kelib tarvuz ekish uchun tekislangan...

Oy-xonim, Eski Termiz yoki Kampirtepa?

Garchi Iskandariya oksianasi mavjud bo`lganini fanda hech kim inkor etmasa-da, uning aynan qaysi hududda bo`lgani ancha paytdan beri olimlar o`rtasidagi murosasiz bahs mavzulridan iri bo`lib keldi. Kimdir bu shaharchani Afg`onistondagi Oyxonim shahri yaqinidagi xarobalarga olib borib taqadi, kimdir uning o`rni Eski Termiz shahri o`rnidan izladi. Va albatta, Kampirtepa ham ana shu hududlar qatorida zikr etib kelindi.

Shunisi aniqki, Ptolemey xaritalarida (1480, 1490, 1540 yillar nashri) OksIskandariyasi Oks (Amudaryo) ning o`ng shimoliy qirg`og`ida Baqtra shahridan shimolda, Oy-Xonim esa chap qirg`oqda Baqtradansharqda ko`rsatilgan. 1540 yilda nashr etilgan S. Myunster xaritasida ham shunday ma`lumotni tasdiqlaydi.

XX asrning ikkinchi yarmida va XXI asr boshlarida Oyxonim, Eski Termiz va Kampirtepaning qadimiy joylarini o`rganish mobaynida olingan arxeologik ma`lumotlar batafsil solishtirildi.

Oy-Xonim va Kampirtepadagi qurilish materiallarini taqqoslashga asoslangan maxsus tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, mil.av. IV asr oxiri - III asr boshiga mansub Kampirtepa inshootlari to`rtburchak shaklidagi xom g`ishtdan barpo etilgan, Oy-Xonimdagi binolar esa faqat miloddan avvalgi III asrning o`rtalaridan boshlab ishlatilgan kvadrat xom g`ishtdan qurilgan.

Eski Termiz shaharchasida olib borilgan keyingi arxeologik tadqiqotlardahamOksiana Iskandariyasi o`rniniisbotlash uchun muhim bir ma`lumot topilmadi.

2000 yillarning boshida Rtveladze Oks Iskandariyasining o`rnini Kampirtepa qal`asi deb belgilash haqida fikr bildirdi.

Kampirtepa mil.av. IV asr oxiri - III asrning boshida xilma-xil tuzilishga vaahamiyatli darajada katta o`lchamga ega shaharcha bo`lib, undagi sharoitlarushbu davrda Oy-Xonimda ham, Eski Termizda ham arxeologik jihatdan qayd qilinmagan.

Agar mo`ljallarto`g`ri bo`lsa, Ptolemey xaritalarida belgilangan Oks Iskandariyasig`arbdan Xaroxarta va sharqdan Indikomardon shaharlari oralig`ida mavjud bo`lgan...

Darvoqe.

Yaqinda oddiy odamlar ham bu qadimiy oshiyonning hech kim bilmagan sirlaridan voqif bo`lishlari mumkin. “O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” Meros haftaligi mehmonlarini Termizda ko`plab hayratga soluvchi kashifiyotlar kutmoqda. Ulardan biri OksIskandariyasi – O`zbekiston hududidagi eng qadimiy arxeologik yodgorliklaridan biri Kampirtepa shaharchasi bilan bog`liq.

O`zbek ilm-fani tarixida ilk marta Meros haftaligi ishtirokchilariga OksIskandariyasining 3D shaklidagi installyasiyasi taqdimoti o`tkaziladi. U qadimiy shaharchani tiklaydi va ushbu arxeologik yodgorlik bilan uning ilk ko`rinishi bilanbatafsil tanishish imkonini beradi.

Shuningdek, keng jamoatchilikni tarix va madaniyatning mashhur yodgorliklari bilan tanishtirish uchun cho`ntak kitobchasi shaklidagi “Oksiana Iskandariyasi (Kampirtepa)” va “Kushonlar: sulola, xalq, yozuv” risolalari nashr etiladi.

Xullas, hayajonli damlar yaqin...

Rustam Jabborov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1