1

ONLAYN TARJIMA XIZMATIGA O`ZBEK TILI QO`ShILDI

Hi-tech 12.12.2014, 17:46
ONLAYN TARJIMA XIZMATIGA O`ZBEK TILI QO`ShILDI

Google Translate onlayn tarjima xizmatida o`zbek tili paydo bo`ldi. Endi ushbu xizmat orqali o`zbek tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan o`zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati mavjud, deb yozadi iLike blogi.

Hozircha o`zbek tili faqat veb-versiyada mavjud bo`lib, xizmatda lotin alifbosidan foydalaniladi.

Xabarlarga ko`ra, Google Translate xizmatining rivoji uchun ko`ngillilarni jalb qilish va yaqin orada xizmatga o`zbek tili ham kiritilishi borasida 2014 yilning yanvar oyida ma`lum qilingan.

Ayni paytda ushbu xizmat foydalanuvchilari tomonidan uning ayrim kamchiliklardan xoli emasligi, katta hajmdagi matnlar tarjimasida jumla tuzilishi bilan bog`liq xatolar mavjudligi aytilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1