1

“Avtotest 2.0” elektron o`quv qo`llanmasi taqdimoti o`tkazildi

Hi-tech 13.12.2014, 12:31
“Avtotest 2.0” elektron o`quv qo`llanmasi taqdimoti o`tkazildi

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Avtotest 2.0”elektron o`quv qo`llanmasi taqdimoti bo`lib o`tdi.

Xalqaro miqyosda tatbiq etilayotgan ushbu multimediya mahsulotining ishlab chiqaruvchilari uning yaratilish tarixi, innovasion g`oya va axborot iqtisodiyoti kelajagi haqida so`z yuritdilar. Estradamiz vakillari  DJ Piligrim va Lola ushbu uchrashuvga  maxsus mehmon sifatida taklif etildilar. Ular tadbirda transport vositasini xavfsiz boshqarish va yo`llarda ro`y beradigan baxtsiz xodisalar sonini qisqartirishni targ`ib etuvchi "ezgu niyat elchisi" sifatida ishtirok etdi.

Roppa-rosa ikki yil ilgari,  2012 yil 12 dekabrda loyihaning birinchi versiyasi ish boshlagan edi. Ayni paytda O`zbekistondagi barcha avtomaktablar ushbu dasturdan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Xalqaro foydalanuvchilar 2014 yilning 12 dekabridan boshlab “AvtoTest 2.0”dasturidan turli tillarda foydalanish ikoniyatiga ega bo`ldi. “AvtoTest 2.0”elektron o`quv qo`llanmasining mazkur yangi versiyasi 276 soatlik o`quv dasturi asosida ishlab chiqilgan bo`lib, o`zida 2000 dan ortiq 3D formatdagi video-treninglarni qamrab olgan.

Jahon Sog`liqni Saqlash tashkilotining 2013 yildagi statistik ma`lumotlariga ko`ra, har yili avtohalokatlarda 1 milliondan ortiq odam halok bo`ladi, 50 milliondan ortig`i turli tan jarohatlari oladi. Ularning qariyb yarmini piyodalar, velosiped va motosikl haydovchilari tashkil etadi. 15 yoshdan 29 yoshgacha bo`lgan kishilarning o`limiga sabab bo`layotgan holatlar ichida yo`l-transport hodisalari  birinchi o`rinda turadi.

Shunga ko`ra, yo`llarda xavfsizlikni ta`minlash masalasi katta ahamiyatga ega. Biroq, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi bugungi kun talablariga to`liq javob beradi, deb aytish qiyin.“AvtoTest”elektron o`quv qo`llanmasi yo`l harakati qoidalarini o`rgatishni sifat jihatidan yaxshilash va yo`llardagi baxtsiz xodisalar sonini qisqartirishda katta o`rin tutadi.

Dasturning innovasion jihati shundaki, u orqali animasiyalar yordamida oson interaktiv ta`lim olish mumkin. Bundan tashqari, yaqin kunlarda dasturdan uyda, safar vaqtida noutbuk yoki planshet yordamida foydalanish imkoniyati yaratiladi hamda uyali aloqa telefonlari uchun ham maxsus ilovani yaratish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1