1

Yangi mavsumni “Parallel tutashmaydi” badiiiy filmi boshlab beradi

Madaniyat 30.07.2019, 11:26
Yangi mavsumni “Parallel tutashmaydi” badiiiy filmi  boshlab beradi

Kino olamida “O`lik mavsum-bizningcha esa “Tinchlik mavsumi” degan ibora bor. Bu - yoz fasliga to`g`ri keladi. E`tibor bergan bo`lsangiz, yozda deyarli yangi filmlarningpremeralari o`tkazilmaydi. Tomoshabin ta`til munosabati bilan ma`lum muddatga kinoteatrlarni tark etadi. Lekin kinoijodkorlar ana shu “o`lik mavsum”daeng qizg`in ijod quchog`ida bo`lishadi. Maqsad, yangi mavsumnieng munosib filmlar bilan kutib olish, tomoshabinga yangi ijod namunalarini taqdim etish.

O`zbek kino olamidagi yangi mavsumni birinchilardan bo`lib kinorejissyor Shahnoza Jamilovaning “Parallel tutashmaydi” badiiiy filmiboshlab beradigan bo`ldi.Film haqida qisqacha to`xtalib o`tadigan bo`lsak, ushbu film yoshlarimizga giyohvandlik balosi haqida hikoya qilib, filmning bosh epizodida chet ellardaekilgan ajal urug`i qadam- baqadam bizning yurtimizga etib kelishi va giyohvandlikka aloqador bo`lgan insonlarning aksariyatini o`z domiga tortib, taqdirlarning buzilishi, oilalarni yo`qqilinishi ko`rsatilgan.

Film qahramoni Munisani esa zamonamiz illatlari, ya`ni kibr, xiyonat, aldov, ilmu- amal, giyohvandlik bilan elkadosh bo`lish halok qiladi. Ijodkorlar bu film bilan o`sib kelayotgan yosh avlodga " Giyohvandlik yo`qlikka boshlaydi!" degan fikrni singdirib, ularni bu yo`ldan yurmaslikka chaqirishni maqsad qilishgan.“Parallel tutashmaydi” badiiy filmining ssenariy muallifi hamda rejissyori Shahnoza Jamilova “Yoshlarni bu yo`ldan filmimiz orkali saqlab qolishga kichkinagina hissamizni qo`shsak, VATAN oldidagi burchimizni ozgina bo`lsa ham bajargan bo`lar edik,”deydi.

Mazkur filmning katta premerasi 23 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo`lib o`tadi.

Ssenariy muallifi hamda postanovkachi rejissyor : Shahnoza Jamilova

Rollarda : Shahlo Temirova, Samiddin Lutfullaev, Ilhom Berdiev

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1