AsosiyDunyo

Portugaliyada yoqilg`i inqirozi yuzaga keldi (Video)

'Portugaliyada yoqilg`i inqirozi yuzaga keldi (Video)'ning rasmi

Buning ortidan mamlakatdagi aksariyat avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchalari ishlamayapti. Hukumat esa vaziyatdan chiqish yo`llarini qidirmoqda. Bu haqda Euronews.com.nashri xabar bermoqda.

Dushanba kuni mamlakatda yoqilg`i tashuvchi yuk avtomobillari haydovchilari ommaviy ravishda ish tashlash e`lon qildi. Bu holat esa sayyohlik mavsumining avj pallasida mamlakatni deyarli falajlab qo`ydi. Haydovchilar oylik maoshlarining oshirilishi va ish sharoitlarining yaxshilanishini talab etishmoqda. Ish beruvchilar bilan bo`lib o`tgan muzokaralar esa muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Ayni damda mamlakatdagi yoqilg`i quyush shahobchalarining uchdan bir qismi ishlamayapti. Portugaliya hukumati 21 avgust kuniga qadar mamlakatda favqulodda energetik holatni e`lon qilishga majbur bo`ldi.

Buning ortidan benzin sotuviga nisbatan cheklov joriy etildi. Endi har bir avtomobilga faqatgina 15 litr miqdorida benzin quyilmoqda. Shuningdek, hukumat fuqarolik rekvizisiyasi to`g`risidagi qonunni qo`llagan holda namoyishchilarga hech bo`lmaganda minimal xizmatlar ko`rsatish majburiyatini yuklamoqda. Unga ko`ra, ish tashlovchilar, oziq-ovqat etkazib beruvchilar, qutqaruv xizmatlari va jamoat transportini zaruriy miqdorda yoqilg`i bilan ta`minlashi zarur aks holda ular ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.


Boshqa yangiliklar