1

"MICROSOFT" kompaniyasi mutaxassisi Toshkent shahridagi INHA Universitetida ma`ruza qildi

Hi-tech 16.12.2014, 11:46
"MICROSOFT" kompaniyasi mutaxassisi Toshkent shahridagi INHA Universitetida ma`ruza qildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun "Microsoft"  kompaniyasining Qozog`istondagi bo`limi mutaxassisi Andrey Andreev tomonidan ma`ruza tashkil etildi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Ma`ruzaning mavzusi  "Microsoft" kompaniyasining akademik dasturlariga bag`ishlandi. Ta`kidlash lozim, 2012 yilda "Microsoft" kompaniyasi jahondagi 300 milliondan ortiq yoshlarga 2015 yilga qadar imkoniyatlar yaratish uchun “Microsoft YouthSpark” global tashabussining ishga tushirilishi haqida e`lon qilgan edi.

Ushbu tashabbus uchta asosiy yo`nalishda o`z salohiyatini takomillashtirishga urinayotgan yoshlarga ko`maklashishga qaratilgan keng ko`lamli dasturlarni birlashtirdi. Jumladan, ularning qatoridan talabalar va aspirantlar o`rtasida xalqaro texnologik tanlov “Imagine Cup” dasturi, faoliyatini boshlayotgan kompaniyalarga ko`maklashishga qaratilgan “BizSpark” dasturi, o`rta maktab va oliygohda ta`lim olish vaqtida asosiy texnik ko`nikmalarni rivojlantirishda talabalar va o`qituvchilarga "Microsoft" vositalaridan bepul foydalanish imkonini beruvchi “DreamSpark” dasturi, texnik mutaxassislik bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarga stipendiyalar taqdim qilinadigan “Microsoft Student Partners” butunjahon ta`lim dasturi o`rin olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1