AsosiyJamiyat

Temir yo`l chiptalariga chegirmalar e`lon qilindi

'Temir yo`l chiptalariga chegirmalar e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Mustaqilligining 28 yilligini nishonlash munosabati bilan temir yo`l kompaniyasi yo`lovchilarga chegirmalar taqdim etadi.

«O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 31 avgust – 3 sentyabr kunlaridagi barcha mahalliy yo`nalishlarga chegirmalar taqdim etmoqda.

Bayram chegirmalari quyidagicha:

  • – nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan yo`lovchilarga – 50%;
  • – oliy o`quv yurtlari talabalari, maktab o`quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta`lim muassasalari talabalari – 15%;
  • – oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona) (nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;
  • – kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo`riqnoma asosida) – 15%;
  • – «Afrosiyob» tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilarga - 10%.

    Boshqa yangiliklar