Habib Nurmagomedov 28-g`alabasiga erishdi

Sport 08.09.2019, 18:15
Habib Nurmagomedov 28-g`alabasiga erishdi

Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida aralash qoidalar bo`yicha o`tkazilgan “UFC 242“ xalqaro turniri yakunlandi.

Mazkur kechaning markaziy jangida engil vazn toifasida “UFC” kamari sohibi Habib Nurmagomedov vaqtinchalik chempion Dastin Porega qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv rossiyalik sportchining yaqqol ustunligida o`tdi. Birinchi va ikkinchi raundlarda Nurmagomedov raqibini mag`lub etish imkoniyatiga ega bo`ldi, ammo vaqtinchalik chempion Pore vaziyatdan chiqib ketishni uddasidan chiqa oldi. Uchinchi raundga kelib Habib Nurmagomedov texnik nokaut (bo`g`ish usuli) evaziga Dastin Poreni mag`lub qildi.

photo_2019-09-08_10-36-03.jpg

Shunday qilib, Nurmagomedov ikkinchi bor chempionlikni muvaffaqiyatli himoya qila oldi va o`zining 28-g`alabasini qo`lga kiritdi. Pore esa chempionlik kamarini yo`qotdi. U ketma-ket 5 ta jangdan buyon mag`lubiyatga uchramayotgan edi.

Shuningdek, “UFC 242“ musobaqasida Don Medj, Omari Axmedov, Muslim Salixov, Belal Muhammad, Ottman Azaytar, Sara Moras, Zubayra Tuxugov, Joan Kaldervud, Karlos Diego Ferreyra, Kyortis Bleyds, Islam Maxachev, Pol Felder muvaffaqiyatga erishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1