1

MIB olis Uchquduqda 569 million so`mdan ortiq soliq qarzini undirdi

Jinoyat 12.09.2019, 12:43
MIB olis Uchquduqda 569 million so`mdan ortiq  soliq qarzini undirdi

Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Uchquduq tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasidan Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasiga 569 million 195 ming so`m soliq qarzi undirilishi belgilangan edi.

MIB Uchquduq tuman bo`limi tomonidan ijro hujjati bo`yicha ijro harakatlari boshlanib, qarzdor tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf qilinmaganligi sababli uning TIF “Milliy bankning” Uchquduq tuman filialidagi barcha hisob raqamlariga band solinib, inkassa topshiriqnomalari qo`yilgan. Bundan tashqari, qarzdorga tegishli bo`lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli organlarga so`rov xatlari yuborilgan.

Ushbu ijro hujjati bo`yicha olib borilgan ijro xarakatlari natijasida qarzdor Uchquduq tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasining hisob raqamidan 569 million 195 ming so`m soliq karzi undirilishi ta`minlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1