Nima uchun yosh o`tgach insonda vazn orta boshlaydi? Fransiyalik va shvesiyalik bir guruh olimlar buning sababini aniqlashdi. Ma`lum bo`lishicha, tadqiqotchilar 13 yil davomida 54 kishidagi lipid metabolizmni (moddalar almashinuvi) kuzatib borishgan.
Olimlarning xulosalariga ko`ra, o`rganish davomida insonning yoshi ulg`ayib borgan sari ularda moddalar almashinuvi sekinlasha borgan. Shu sababdan ularda vazn ortishi kuzatilgan.
Olimlar yog` qatlamidagi jarayonlar qarish davrida tana og`irligini nazorat qiladi va bu ko`rsatkich boshqa omilga bog`liq emas, degan xulosaga kelishgan.