AsosiySiyosat

Karkidon suv ombori to`lig`icha O`zbekistonga o`tdi

'Karkidon suv ombori to`lig`icha O`zbekistonga o`tdi'ning rasmi

Qirg`iziston hukumatining O`sh viloyati ma`muriyatidagi vakolatxonasi O`zbekiston bilan er maydonlari almashilganini tasdiqladi.

O`zbekistonga O`sh viloyati Aravon tumanining To`yamo`yin okrugidagi, Karkidon suv ombori yonidagi er maydoni berilgan.O`zbekiston esa Qirg`izistonga Gulbahor qishlog`i yonidagi erni bergan. Chegaralar demarkasiyasi joriy haftada o`tkaziladi.

Hududlar almashinuvi chegarani surishga imkon beradi.

Ikkala hudud ham bir xil maydonga ega – 407 gektardan. O`sh viloyati ma`muriyatida ma`lum qilinishicha, hududlar almashilishi Qirg`iziston tashabbusi bilan amalga oshirilgan. «Bu almashinuvga Qirg`iziston tomonidan anchadan beri tashabbus bildirib kelingandi. So`nggi muzokaralar vaqtida chegaraning demilitasiyasi bo`yicha kelishuvga erishilgandi», deb aytgan O`sh viloyati ma`muriyati matbuot kotibi Nurqiz Qodirbek qizi.

Gulbahor qishlog`i Aravon viloyatiga kiraverishda, O`sh shahriga olib boruvchi yo`l bo`yida joylashgan. Avval ushbu yo`lning bir qismi O`zbekistonga tegishli bo`lgan, endi esa u to`liq Qirg`iziston hududidan o`tadi. Avval qirg`izistonliklar qo`shni qishloqqa O`zbekiston hududi orqali o`tishlariga to`g`ri kelgan.

Suv omborining butun hududi va sohilbo`yi O`zbekistonga tegishli bo`ladi. Qirg`izistonning Karkidon qishlog`i aholisi suv omboridan chiquvchi daryodan foydalana oladi.

Avvalroq, 10 sentyabr kuni Qirg`izistonning Aravon tumanidagi Karkidon suv ombori atrofida o`zbek harbiylari tomonidan to`siqlar o`rnatilishi mahalliy aholi noroziligiga sabab bo`lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mahalliy hokimiyat O`zbekiston bilan erlar almashilgani, delimitasiya yakunlangani, biroq demarkasiya hali o`tkazilmaganini ma`lum qilgan. Barcha jarayonlar yakunlanmaguncha to`siqlarni o`rnatish mumkinmasligi va hukumat ishlar to`xtatilishiga va`da berishi aytilgan

    Boshqa yangiliklar