Facebookning AQSh o`smirlari o`rtasidagi mashhurligi mana ikki yildirki, pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi Frank N. Magid Associates kompaniyasi tadqiqotlariga tayangan holda ma`lum qilmoqda.
Tadqiqot ma`lumotiga ko`ra, ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilarning 88 foizi 13-17 yoshga to`g`ri keladi. Taqqoslash uchun o`tgan yili bu ko`rsatkich 94 foizni, 2012 yilda esa 95 foizni tashkil etganligini aytib o`tish mumkin.
Ular o`rtasida Facebookka bo`lgan qiziqish yo`qolib bormoqda, ammo ular boshqa tarmoqlar orqali aloqa qilishmoqda. Masalan, oxirgi yilda ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchi yoshlarning Twitterdan foydalanishi 46 foizdan 48 foizga o`sgan.
O`tgan yilgi tadqiqot natijalari Facebook investorlarini jiddiy xavotirga solgan bo`lib top-menejerlarning o`zlari ham yoshlar Faceboodan faol foydalanishmayotganligini tan olishgan edi.





