1

Tovushdan o`zgan samolyotlar — Konkord va Tu-144 (foto)

Hi-tech 22.12.2014, 14:25
Tovushdan o`zgan samolyotlar — Konkord va Tu-144 (foto)

Bu samolyotlar endi uchishmaydi, endi tovushdan tez uchadigan samolyotlar yo`q.  Bu samolyotlar endi afsona bo`lib qoldi. Aytish mukinki, hozirgi  "Boing"lar tezlik bo`yicha bular oldida ip esholmaydi. 

Tu-144 samolyotining birinchi parvozi 1968-yilning so`nggi kunida, Konkordning parvozi esa 1969-yil mart oyi boshida amalga oshirilgan. 1978-yil Tu-144 (yo`lovchi tashishlar) samoyoti , 2001-yilda esa Konkord samolyoti so`nggi marta osmonga ko`tarildi va biz ular bilan mangu xayrlashdik. Ular aviasiyaning eng yorqin sahifasi bo`lib tarixda qolishdi.

Tu-144 kreyser tezligi  soatiga 2300 km/s, Konkordniki esa — 2150 km/s edi. Tovushdan ikki bora tez amalga oshiriluvchi parvozlar tufayli "vaqtga qaytish" imkoni tug`ilgandi. Londondan ertalab 9 da Konkordda uchgan yo`lovchilar Nyu-Yorkka tonggi 7 da etib kelishar edi. Toshkentdan ertalab Tu-144 da Moskvaga uchib, tushlikni Moskvada qilib, Katta Teatrda spektaklni tomosha qilib, kechki ovqatni yana Toshkentda qilsa bo`lar edi.  

Jami bo`lib 16 ta Tu-144 va 20 ta Konkord ishlab chiqarilgan

Konkord parvozining maksimal uzoqligi Tu-144 samolyotining shu kabi xususiyatlaridan ustun edi. 

Tu-144 saloni o`z evropalik raqobatchisidan anchagina keng edi. Tu-144 ning ba`zi bir modifikasiyalarida 150 yo`lovchi sig`ardi. Konkordda esa faqat 100. 

Konkord salonida. 

Tu-144 salonida. 

Konkord sanuzeli. 

Tu-144 sanuzeli. 

Konkord kabinasi. 

Tu-144 kabinasi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1