Navoiyda qurilayotgan wi-fi bog` 2015 yilning yanvar oyida foydalanishga topshiriladi

Hi-tech 22.12.2014, 14:45
Navoiyda qurilayotgan wi-fi bog` 2015 yilning yanvar oyida foydalanishga topshiriladi

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyi atrofida internet bog`ning qurilish ishlari 2014 yil sentyabr oyidan buyon davom etmoqda, deb xabar bermoqda Uz24.

NAV.UZ ma`lumotiga ko`ra, bu erda barpo etilayotgan Wi-Fi kafe yuqori tezlikdagi simsiz internetga ega. Bundan tashqari, kattalar uchun rolik va velosiped uchish hamda bolalar uchun o`yin maydonlari ham quriladi.

Ayni vaqtda bog` hududi obodonlashtirilib, daraxt ko`chatlari ekildi. “Sito-Navoiy” MChJ vakillarining so`zlariga ko`ra, internet-kafe 2015 yilning yanvar oyida foydalanishga topshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1