2014 yilning eng yaxshi non pishirish pechlari reytingi

Hi-tech 22.12.2014, 15:14
		2014 yilning eng yaxshi non pishirish pechlari reytingi

Bugungi kunda ko`plab uy bekalari non pishirish pechlaridan foydalanishayotgani sir emas. Non pishirish pechini sotib olishning yana bir yaxshi tomoni shundan iboratki, non pechi xujjatlari bilan birga har bir haridorga ushbu non pechlarida pishirish mumkin bo`lgan non va shirinliklarni pishirish reeptlari joylashtirilgan kitobchalar taqdim etiladi. Ko`p sonli muxlislarimizning iltimoslariga ko`ra, aynan non pishirish pechlari, ularning yutuq va kamchiliklari borasida ma`lumot berishga qaror qildik.

10. Scarlett SC-401

Yutug`i: Reytingda 10 o`rinda turgan ushbu non pechi unchalik qimmat emas. bajaradigan ishlari ham ko`p emas. Unda pishiriqni isitish, tez pishirish, pishiriq shaklini o`zgartirish imkoniyati kabilar mavjud.

Kamchiligi: “Yoqish” tugmasi mavjud emas. Shuningdek dispeyni yoritib turuvchi tugma ham yo`q. Non pechidan foydalanish uchun berilgan kitobcha ichida pishirish uchun taklif qilingan non reseptlari soni kam. Nonning qanday pishayotganini kuzatish birmuncha qiyin, sababi old qismdagi oynasi kichik ishlab chiqarilgan. Ba`zi pishiriqlarni mey`yorda pishirish uchun quvvat etmay qolishi holatlari kuzatiladi.

9. Rolsen RBM-530

Yutug`i: Albatta mahsulotning ko`rinishi uning sifati haqida “so`zlaydi”. Bu non pechi ham bejirim ko`rinishga ega. Ichki yig`ma mehanizmlari sifatli, narhi hamyonbop. Pishiriq pishib bo`lgach, mayin musiqa sizni tayyor mahsulotni olishga chaqiradi.

Kamchiligi: Afsuski pishiriqning pishayotganini kuzatish uchun mahsus oyna mavjud emas. Agar siz adashgan holatda boshqa tugmasini bosib qo`ygan bo`lsangiz, orqa qaytarish imkoniyati yo`q. Bunda siz uni elektrdan uzishingiz lozim bo`ladi. Mahsus reseptlar kitobidagi pishirqlarga solinadigan mahulotlar hajmi aniq yozilmagan.

8. Gorenje BM900ND

Yutug`i: Boshqaruv sensor asosida. Pechning aksariyat qismi temir metalldan ishlangan. Pishiriqni pishirish, pech ichki chirog`i, pishirish uchun mo`ljallangan vaqt taymeri bor.

Kamchiligi: Ushbu non pechining eng katta kamchiligi ilk pishiriqlarni pirilgandan so`ng undan elim ta`mi kelishi mumkinligidar. Pech shovqin bilan ishlaydi. Mahsus resept kitobchasidagi reseptlarni tayyorlash qiyin.

7. Moulinex OW310E30Uno Metall

Yutug`i: Non pechining ustki metall qismi pishiq ishlangan. Boshqarish ham oson. Agar non vaqtidan avval pishganini ko`rsangiz, “to`xtatish” tugmasi orqali jarayonni to`xtatishingiz mumkin.

Kamchiligi: Reseptlar kitobchasi biroz noaniq yozilgan. Pech pishiriq vaqtida ichki haroratni nazoratga olinmagan.

6. Mystery MBM-1204

Yutug`i: Ushbu non pechi sifatli, ammo ancha arzon narxga topish mumkin. Tez pishirish, tayyor bo`lgan mahsulotni vaqtidan oldin o`chirish imkoniyati mavjud.

Kamchiligi: Ba`zan ushbu non pechining qopqog`i o`z-o`zidan ochilib ketish holatlari kuzatilishi mumkin. reseptlar noaniq.

5. Binatone MBS-2175

Yutug`i: Ushbu non pechida multivarka, yogurt tayyorlash apparati, parda pishiruvchi uskuna kabi imkoniyatlar mavjud. pishirish a`lo darajada amalga oshiriladi.

Kamchiligi: Pishayotgan mahsulotni kuzatish mushkul, chunki old displey juda kichik, reseptlar berilgan kitobcha tushunarsiz.Pishiriqni kuyishdan saqlash qiyin.

4. Bork X800

Yutug`i: Bu non pechida pishiriqni mustaqil ravishda pishirish funksiyasi mavjud. Ichki qismni yuvish oson, oyna va ichki chiroq mavjud.

Kamchiligi: Afsuski pishirish jarayonida pechning ustki qismi qattiq qizib ketadi. Pechning ustki korpusi qirilish va pachoqlanishga moyil. Shovqin bilan ishlaydi.

3. Panasonic SD-2500 WTS

Yutug`i: Pech dizayni antiqa. Elektr tokini kam talab etadi. Hamirni aralashtirishi sifatli. Ko`plab texgnik imkoniyatlarga ega.

Kamchiligi: Qora non pishirish imkoniyati yo`q. Garchi kamchiliklar mavjud bo`lsa ham narxi biroz qimmatroq.

2. Panasonic SD-2501WTS

Yutug`i: Pishirish borasida ushbu non pechiga a`lo baho berish mumkin. shovqinsiz ishlaydi. Pishiriq o`lchami va shaklini boshqarish qilish imkoniyati bor.

Kamchiligi: Pechda mahsus oynacha mavjud emas. Elektr tokiga ulash noqulay, chunki elektr simi juda kalta, mavjud finjoni kichik o`lchamda.

1. Panasonic SD-ZB2502 BTS

Yutug`i: 2014 yilning non pechlari reytingida eng oliy o`rin Panasonic SD-ZB2502 BTS non pechiga berilgan. Pishiriq reseptlari aniq, yig`ilishi sifatli, pishirish uslubi a`lo darajada. hamirni tayyorlash, aralashtirish va pishirishi sifat darajasida amalga oshiriladi.

Kamchiligi: Xatto shunday sifatli non pechida ham bir qancha kamchiliklar bor. masalan ba`zi dasturlarni biroz aniqlashtirish lozim. Elektr simini uzunroq qilish ham zarar qilmasdi. Hamirni aralashtirish vaqtidagi shovqin kamaytirilsa maqsadga muvofiq bo`lardi.

Umida Yakubova tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1