AsosiyJamiyat

MIB direktori sayyor qabulida murojaatlar echimini topdi

'MIB direktori sayyor qabulida murojaatlar echimini topdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Samarqandda bo`lib o`tdi.

Tashkil etilgan mazkur sayyor qabul Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo`jaev ishtirokidao`tkazildi. Tadbirda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, ichki ishlar, sudlar, qishloq xo`jaligi, soliq, bojxona, kommunal soha va boshqa masalalarga oid murojaatlariga echim izlandi.

Sayyor qabulda, Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi. Tadbir davomida, aholi tomonidan o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi. Sayyor qabul davomida 50 taga yaqin fuqarolarlarning murojaati eshitildi. Fuqarolarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, joyida hal etish choralari ko`rildi

Ma`lumot o`rnida, fuqaro A.Xudayqulovfermer xo`jaligigategishli bo`lgan er maydonini boshqa shaxsga berib yuborilganligi bo`yicha murojaati hal etilganidan uchun Byuro rahbariyatiga shaxsan minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, fuqaro H.Isoqovning nogironlik aravachasi olishda amaliy yordam berishni so`rab murojaati ham ijobiy hal etilib, unga nogironlik aravachasi taqdim etildi.

Qabul davomida murojaat qilgan fuqarolarga 2 nafari nogironlik aravachasi, 2 ta qo`ltiqtayoq va 2 ta eshitish moslamasi berildi.

    Boshqa yangiliklar