AsosiyJamiyat

O`qituvchilar uchun e`lon qilingan maxsus aksiyaga Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt modellari ham qo`shildi

'O`qituvchilar uchun e`lon qilingan maxsus aksiyaga Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt modellari ham qo`shildi'ning rasmi

UzAuto Motors kompaniyasi ko`plab talab va istaklarni inobatga olib, O`qituvchi va murabbiylar kuni arafasida e`lon qilingan aksiyadagi avtomobillar modellari qatorini Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt avtomobillari bilan to`ldirayotgani haqida e`lon qildi.

Kompaniya axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, aksiya doirasida umumta`lim, o`rta-maxsus va oliy ta`lim muassasalarining o`qituvchilari ushbu modeldagi avtomobillarni quyidagi shartlar asosida xarid qilishi mumkin:

—60% oldindan to`lov;

—qolgan summa 1 yil davomida foizsiz to`lab boriladi.

Muddatli to`lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor ta`lim muassasasining o`qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma`lumotnoma) taqdim etishi lozim.

Shuningdek avtomobilni garovga qo`yish hamda xatardan sug`urtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin:

- “AS SERVIS” tarmoqlarining dilerlik korxonalari

- “Sergeli Avtotexxizmat“ AJ

- “Nurafshon Avtocentr” MChJ

- “Qaraqalpaqavtotexxizmet” MChJ

Avvalroq o`qituvchilar uchun Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini xarid qilish imkoni mavjud bo`lgan aksiya haqida e`lon qilingandi.

Aksiya 2019 yilning 30 sentyabriga qadar amal qiladi. Shoshiling, avtomobillar soni chegaralangan, deyiladi xabarda.


    Boshqa yangiliklar