2019 yilning 28 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida O`zbekistonning doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi Umumiy munozaralar yalpi majlisida raislik qildi. Bu haqida O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
4 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasida O`zbekiston ilk bor sessiya raisi o`rinbosari lavozimiga saylangan va mazkur vazifada 74-sessiya yakunlanadigan 2020 yilning sentyabr oyigacha faoliyat yuritadi.
O`zbekistonning BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi raisi o`rinbosari lavozimiga saylanishi mamlakatimizning turli sohalardagi, jumladan Bosh Assambleya tomonidan Markaziy Osiyo bo`yicha hamda ma`rifat va diniy bag`rikenglik bo`yicha tarixiy qarorlar qabul qilinishi, BMT shafeligida Orolbo`yi uchun Ko`psheriklikdagi Trast fond tashkil qilinishi bo`yicha sa`y-harakatlarining xalqaro miqyosda tan olinishidan darak beradi.