1

Ozodbek Nazarbekov shaxsiy bizneslari haqida gapirib berdi

Shou-biznes 29.09.2019, 22:58
Ozodbek Nazarbekov shaxsiy bizneslari haqida gapirib berdi

Muxlislar orasida «Ozodbek Nazarbekovning yoqilg`i quyish shoxobchalari, mehmonxona-yu, restoranlar tarmog`i kabi bizneslari bor», mazmunidagi gaplar tarqalgan.

Ozodbek Nazarbekov ushbu gap-so`zlarga suhbat davomida oydinlik kiritdi.

"O`zbekistonda bizneslarim juda ham ko`p, ayrimlarini o`zim ham bilmayman. Bu haqda odamlarning o`zlari aytishadi. ‘Mana bu sizning bog`ingiz ekan’, yana bir joylarni ko`rsatib bir nimangiz ekan deyishadi. ‘Nahotki shular ham meniki bo`lsa’, deya ba`zan o`zim ham hayron qolaman. Jizzaxning yo`lida ‘Ozodbek’ degan oshxona bor ekan. U ham ‘meniki’ bo`lib chiqdi. Qiziqqanimdan o`sha erdan osh eb ketdim.
O`zim tepasida turib yurgizadigan bironta biznesim yo`q. Sherikchilik asosida do`stlarim va yaqinlarim bilan bizneslar yo`lga qo`yilgan. Ular halol, pok ish yuritishadi va mening ulushimni o`z vaqtida etkazishadi. Hech qanday mehmonxonam ham yo`q.
Odamlarning nima biznes bilan shug`ullanishimni bilishini istaganimda hammasini aytardim. Bu biznes deydigan darajada juda bir katta biznes ham emas, fabrika yoki zavod emas, ochig`ini aytganda, ro`zg`orimga etadigan mayda bizneslar, xolos. Xudoga shukur, uy-joyim, mashinam bor. Ehtiyojlarim esa o`sha mayda bizneslarimdan qoplanadi. Bundan ortig`i kerak ham emas" deydi
O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov, jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1