YuNISEF vaksinalarni saqlashga mo`ljallangan maxsus ob`ektni Sog`liqni saqlash vazirligining Toshkent shahar bo`limiga foydalanishga topshirdi. Mazkur inshoot vaksinalarning sifatli boshqaruvini ta`minlashga yordam beradi. Zamonaviy vaksina ombori avtomat tarzda boshqariluvchi sovutkich xon, haroratni muntazam nazorat qiluvchi moslamalar va boshqa maxsus uskunalarga ega.
Yangi vaksinalar ombori bir yoshgacha bo`lgan 125,523 bolani emlashga mo`ljallangan 20,000 litr hajmdagi vaksinalarni saqlash imkonini beradi. Ichiga kirib bemalol yurish mumkin bo`lgan sovutkich kameralari vaksinalar sifatini ta`minlash uchun zarur bo`lgan 2-8 daraja haroratni doimiy ravishda ta`minlab turadi.
YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann yangi ob`ektni Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh shifokori Begzod Odilovga tantanali ravishda topshirdi. Tadbirda, shuningdek, Sog`liqni saqlash vazirligi, respublika va shahar sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok edi.
Vaksinalar yordamida butun dunyoda 5 yoshgacha bo`lgan millionlab bolalarni yuqumli kasalliklar va o`lim xavfidan omon saqlab qolish mumkin. Shu boisdan immunizasiya kelgusi avlodlar uchun aholi sog`lig`ini saqlashga qilingan eng muvaffaqiyatli va iqtisodiy jihatdan foydali investisiyalardan hisoblanadi.
YuNISEF xodimlarni yangi qurilmalardan foydalanishga o`rgatish, ularni zarur qo`llanmalar bilan ta`minlashda ham ko`mak beradi.
YuNISEF xalqaro tashkiloti O`zbekiston hududlarida ana shunday 21 ta shu kabi ob`ektlarni qurib, zarur uskunalar bilan ta`minlashda bevosita ishtirok etmoqda.