Bugun, 1 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keldi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.
Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva, O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhomjon Ne`matov, Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Hurmat belgisi sifatida Valentina Matvienkoga guldasta taqdim etildi.







