Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat Ichki ishlar vaziri, polisiya general-leytenanti Isgender Mulikovni ishdan bo`shatib, uni mayor lavozimiga tushirdi hamda barcha davlat mukofotlaridan mahrum qildi.
Prezident Mulikov ishdagi jiddiy kamchiliklari, xizmat vazifasini suiiste`mol qilganligi hamda xizmat vakolatlarini qo`pol ravishda buzganligi uchun Ichki ishlar vazirligining boshlig`i lavozimidan ozod qilgan va unvonini polisiya mayorigacha tushirgan.
Prezident o`z faoliyati davomida Mulikovga 12 marta qattiq tanbeh e`lon qilganini, ammo u kerakli xulosalarni chiqarmaganini eslatdi.
Turkmanistonning yangi ichki ishlar vaziri etib Mammatxon Chakiev tayinlandi. U avval Sanoat, transport va kommunikasiyalar bo`yicha vazir o`rinbosari lavozimidan Ichki ishlar vazirligiga o`tkazildi.