AsosiySiyosat

O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

'O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Prezident Emomali Rahmonni tug`ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.

Tojikiston rahbari mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlash, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga qo`shgan ulkan shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Siyosiy iroda va qabul qilingan amaliy qadamlar tufayli O`zbekiston-Tojikiston ko`p qirrali munosabatlari misli ko`rilmagan yuksak darajaga - strategik sheriklik darajasiga ko`tarilgani ta`kidlandi.

O`tgan yilgi oliy darajadagi o`zaro tashriflar natijasida muhim kelishuvlarga erishildi va ikki tomonlama hamkorlikning eng o`tkir masalalari bo`yicha o`zaro maqbul echimlar topildi.

So`nggi yillarda mamlakatlarimiz o`rtasidagi savdo hajmi ikki barobar ortdi, havo, avtomobil, temir yo`l transporti qatnovi salmoqli darajada kengaydi. Chegaradosh hududlar o`rtasida yaqin aloqalar yo`lga qo`yildi. Madaniy-gumanitar almashinuv faollashdi.

Davlat rahbarlari hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlar O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o`rtasida do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va har tomonlama hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat`iy ekanini ta`kidladilar.

    Boshqa yangiliklar