AsosiySiyosat

Yangi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi

'Yangi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga «Teleradio uzatish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi joylashtirildi.

Ushbu qonun teleradio uzatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunga ko`ra, yuridik shaxslar, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy kompaniyalar va chet el fuqarolari teleradiouzatish tashkilotlarini tuzishga haqlidir. Bunda ularning umumiy ulushi 30 foizdan oshmasligi kerak.

Qayd etilishicha, teleradio uzatish sohasidagi lisenziyalashni Teleradio uzatish Kengashi amalga oshiradi. Kengash tomonidan lisenziya 10 yil muddatgacha berilishi mumkin.

Qonun 38 moddani o`z ichiga olgan bo`lib, loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan tayyorlangan.

Muhokama 2019 yilning 18 oktyabriga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar