Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining qo`shma qaroriga binoan ishlab chiqilgan “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida”gi nizomga ko`ra, milliy an`analarga yot rasm-rusumlarga ta`qiq qo`yildi.
Nizomga ko`ra, milliy an`analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo`lgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan to`ylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qo`shimcha rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “chorlar”, “ota ko`rdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “tog`ora yuborish”, “pul sochish” va hokazolarni) o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi.
Dafn etish va motam marosimlari bilan bog`liq ortiqcha tadbirlarni (“etti”, “payshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” va hokazolarni) o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi.






