AsosiySiyosat

To`y, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni kimlar nazorat qiladi?

'To`y, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni kimlar nazorat qiladi?'ning rasmi

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining qo`shma qaroriga binoan ishlab chiqilgan “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida”gi nizomga ko`ra, to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishi ustidan nazorat qiluvchi tashkilotlar ham belgilab qo`yildi.

To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishi ustidan quyidagi tashkilotlar o`z vakolatlari doirasida jamoatchilik nazoratini tashkil etilishini ta`minlaydi:

  • To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika komissiyasi;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi To`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishini tartibga solish masalalari bo`yicha komissiyalar;
  • Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi;
  • Respublika “Nuroniy” jamg`armasi;
  • Ma`naviyat va ma`rifat markazi;
  • Xotin-qizlar qo`mitasi;
  • “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi;
  • O`zbekiston musulmonlari idorasi;
  • O`zbekiston yoshlar ittifoqi.

    Boshqa yangiliklar