AsosiySiyosat

“Saxovat” internat uylarida pullik xizmatlar ko`rsatilishi mumkin

'“Saxovat” internat uylarida pullik xizmatlar ko`rsatilishi mumkin'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash to`g`risida”gi
2011 yil 23 avgustdagi 240-son qaroriga qo`shimchalar                                             kiritish to`g`risida qaror loyihasi joylashtirildi

Muhokama qo`yilgan qaror loyihasida ta`kidlanishicha, ushbu qaror yolg`iz keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish va qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilinmoqda.

Qarorga kiritilayotgan qo`shimchalarga ko`ra, “Saxovat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar ko`rsatishi ham mumkin”ligi belgilab qo`yilgan. 

Ushbu qonun loyihasi 3 oktyabrda muhokamalar portaliga joylashtirilgan. Agar siz  hukumat tomonidan shu tizimga kiritilayotgan yangiliklarga bee`tibor bo`lmasangiz joriy yilning 18 oktyabriga qadar o`z taklif va mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar